Xalqaro Konferensiya
Yangi O'zbekistonning Milliy barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM): yutuqlar va istiqbollar
Tashkilotchilar:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Yoshlar ishlari agentligi,
O‘zbekistondagi BMTTD, O‘zbekistondagi Jahon banki,
Toshkentdagi Xalqaro Vestminster univestiteti
va Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti
2021 yil 24 sentabr
Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti
Kirish
2015 yil sentyabrda O'zbekiston Respublikasi, dunyoning boshqa davlatlari singari, 2030 yilgacha barqaror rivojlanish sohasidagi kun tartibiga (2030 yilgi kun tartibi) o’zining sodiqligini bildirdi va barqaror, keng qamrovli va izchil iqtisodiy o'sishni, ijtimoiy integratsiyani va atrof-muhit muhofazasini ta'minlash, shuningdek, sayyorada tinchlik va xavfsizlikni ta'minlashga ko’maklashish majburiyatini o’z zimmasiga oldi. Jumladan, Vazirlar Mahkamasining "2030 yilgacha bo'lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2018 yil 20 oktyabrdagi 841-son qarori qabul qilindi.
Barqaror Rivojlanish Maqsadlari (BRM) qashshoqlik va ochlikni butunlay yo’q qilishga, mamlakatlarda va ular o'rtasida tengsizlikni kamaytirishga, sog'lom turmush tarzini va adolatli sifatli ta'limni hamda hamma uchun butun umr davomida ta'lim olish imkoniyatini, gender tenglikni ta'minlashga, izchil, keng qamrovli va barqaror iqtisodiy o'sishga ko’maklashishga, barchani to'liq va sermahsul ish bilan ta'minlashga, uy-joyga ega bo’lishni ta’minlashga va "yashil iqtisodiyot”ni keng joriy etishga, ekologik barqarorlikni ta'minlashga va odamlarning hayot sifatini yaxshilash bilan bog'liq boshqa muhim sohalarga qaratilgan.
Available to download: Conference Almanac
Konferensiya maqsadi
Konferensiya O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Yoshlar ishlari agentligi, O'zbekistondagi BMTTD (Birlashgan Millatlar tashkilotining taraqqiyot dasturi), O'zbekistondagi Jahon banki, Jahon Iqtisodiyoti va Diplomatiya Universiteti (JIDU) va Toshkentdagi Xalqaro Vestminster Univestitetining (TXVU) birgalikdagi tashabbusi hisoblanadi. Ushbu konferensiya TXVUda tashkil etiladi. 2020 yildan Universitet “Barqaror rivojlanish istiqbollari tarmog’i” (Sustainable Development Solutions Network) xalqaro assotsiatsiyasi a`zosi hisoblanadi.
Konferensiyaning maqsadi mamlakatda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni, BRMga erishishda islohotlarning ahamiyatini muhokama qilish, bilim va tajriba, ilmiy tadqiqotlar va rivojlanish strategiyalari natijalarini almashish hamda o'zaro hamkorlik uchun yo'l xaritalarini belgilab olishdan iborat.
Konferensiyaning asosiy ma'ruzachilari orasida taniqli olimlar, davlat va xususiy sektor, xalqaro agentliklar, idoralar va tahlil markazlari vakillari ishtirok etadi. Ular orasida Birlashgan Millatlar tashkilotining Barqaror rivojlanish istiqbollari tarmog’i (SDSN) prezidenti professor Jeffri D. Saks, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o'rinbosari doktor Sodiq Safoev; BMTTDning O'zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska xonim, Jahon bankining O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari – janob Marko Mantovanelli, Yoshlar ishlari agentligi direktori janob Alisher Sa’dullaev, Adelaida universiteti professori Richard Pomfret (Avstraliya), Doktor Yohan Svinnen, Xalqaro oziq-ovqat siyosati tadqiqoti instituti (XOSTI) va Qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari tizimlarini o‘zgartirish bo‘yicha xalqaro agrar tadqiqotlar maslahat guruhi (CGIAR) bosh direktori (AQSH), Dyuk universiteti professori Charlz Bekkerni (AQSh) qayd etish mumkin. Konferensiyaning ikkinchi qismida yoshlar vakillarining "Yoshlar so'zlari bilan aytganda milliy BRMga erishish: ijtimoiy va innovatsion loyihalar" taqdimotlari bilan ishtirok etishlari kutilmoqda.
Konferensiya o’tkaziladigan joy va uning formati
Konferensiya Toshkentdagi Xalqaro Vestminster Universitetida (TXVU) gibrid formatda ekspertlarning masofaviy va bevosita ishtirokida (onlayn va offlayn) tashkil etiladi. Konferensiyaning birinchi qismi asosiy ma'ruzachilar va fahriy mehmonlar, O'zbekiston vazirliklari va idoralari, xalqaro agentliklar vakillari yalpi sessiyalaridan tashkil topadi. Konferensiyaning ikkinchi qismida "Yoshlar so'zlari bilan aytganda milliy BRMlarga erishish: ijtimoiy va innovatsion loyihalar" yoshlar taqdimotlarini tashkil etish rejalashtirilgan. Konferensiyaning ishchi tili ingliz tili bo`ladi. O'zbek va rus tillariga sinxron tarjima ta'minlanadi.
Kuzatuvchi sifatida ishtirok etish
Kuzatuvchi sifatida konferensiyaga qo'shilishni istagan ishtirokchilar shaxsan o’zlari (o’rinlar soni cheklangan - ro'yxatdan o`tish yopildi) yoki onlayn (virtual) ravishda qatnashishlari mumkin.
Onlayn ulanish uchun to'g'ridan-to'g'ri havola va parol:
https://us02web.zoom.us/j/86896682790?pwd=VVd3N2ZaZWM4UDJ2TVRTUWRGL1ZWdz09
Parol: 240921
DASTUR
10:00-10:30 |
Ro‘yhatdan o‘tish |
10:30-11:00 |
Ochilish marosimi va kirish so‘zi Moderator: J-b Baxrom Mirqosimov, Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti rektori J-b Sodiq Safoev, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o‘rinbosari, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori X-m Matilda Dimovska, BMTTDning O‘zbekistondagi doimiy vakili J-b Alisher Sa’dullaev, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori J-b Marko Mantovanelli, Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari |
11:00-12:00 |
1-yalpi sessiya: “Milliy barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish – Xalqaro ilg‘or tajriba va milliy strategiyalari” Moderator: J-b Odilbek Isoqov, O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri o‘rinbosari Professor Jeffri D. Saks, Barqaror rivojlanish sohasida yechimlar ishlab chiqish tarmog‘i (SDSN) prezidenti, Kolumbiya universiteti (AQSH), (videomurojaat) J-b Ilhom Norqulov, O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirining birinchi o‘rinbosari J-b Gerd Trogemann, BMTTDning Yevropa va MDH bo‘yicha mintaqaviy byurosi boshqaruvchisi (onlayn) D-r Yohan Svinnen, Xalqaro oziq-ovqat siyosati tadqiqoti instituti (XOSTI) bosh direktori va Qishloq xo‘jaligi tadqiqotlari Maslahat guruhi (CGIAR) tizimlarini o‘zgartirish bo‘yicha global direktori (AQSH), (videomurojaat) J-b Akmal Burxanov, O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Professor Charlz Beker, Dyuk universiteti, AQSH (onlayn) Munozara va savol-javob |
12:00-13:00 |
2-yalpi sessiya: «Yangi O‘zbekiston: Islohotlar amalda» Moderator: Komiljon Karimov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari Dilorom Fayzieva, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi raisi Tatyana Proskuryakova, Jahon bankining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi mintaqaviy direktori (onlayn) Otabek Nazirov, O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining maslahatchisi – O‘zbekiston To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi bosh direktori Malika Kadirkhanova, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisi Prof. Richard Pomfret, Adelaide universiteti (Avstraliya) professori Bobur Bekmurodov, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, “Yuksalish” umummilliy harakati raisi Munozara va savol-javob |
13:00-14:00 |
Guruh bo‘lib suratga tushish va tushlik (“Milliy BRM yutuqlari” fotoko‘rgazmasi) |
14:00-15:00 |
3-yalpi sessiya: «Мilliy BRMga erishish yoshlar so‘zlari bilan: ijtimoiy va innovatsion loyihalar» Moderator: X-m Dilnozaxon Kattaxonova, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori o‘rinbosari J-b Faxriddin Davrukov, Toshkent shahar hokimining turizm, sport, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – shahar Turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i X-m Nilufar Kiyamova, “Qizlar ovozi” maktabi asoschisi va menejeri (1, 2, 3, 4, 5, 6 BRM guruhi – Odamlar) X-m Dildora Atadjanova, “Teodora Goods” kompaniyasi va “Dalatech” loyihasi asoschisi (7, 8, 9, 10 BRM guruhi – Sayyora) J-b Bobur Farmanov, “Ziyo Forum” ilm-fan va ta’lim-tarbiyani rivojlantirish fondi (4, 8, 17 BRM guruhi – Ta’lim) J-b Aziz Abdullaev, ishplus.uz loyihasi koordinatori, “Sharoit Plyus” nogironlar jamoat birlashmasi (3, 8, 10 BRM guruhi - Inklyuzivlik) X-m Suna Pak, “Hashar Week” loyihasi asoschisi (11, 12, 13, 15 BRM – Atrof-muhit) X-m Mohistara Muhammadyunusova, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti raisi (16 BRM guruhi – Tinchlik) Munozara va savol-javob |
15:00-15:30 |
Yopilish marosimi |
MUNOZARACHILARNING BIOGRAFIYASI
Senator Sodiq Safoev - O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi o'rinbosari. U, shuningdek, O'zbekiston Regbi federatsiyasi prezidenti hisoblanadi. Sodiq Safoev tashqi siyosat va xalqaro iqtisodiy aloqalar yo’nalishidagi bir qancha davlat idoralarida faoliyat olib borgan va katta ish tajribasiga ega. Safoev turli davrlarda Tashqi ishlar vaziri (2003-2005; 1993-1993), Tashqi ishlar vazirining birinchi o'rinbosari - O'zbekiston Respublikasi prezidentining Afg'onistondagi maxsus vakili (2001-2003) va Tashqi Iqtisodiy munosabatlar vazirining o'rinbosari bo'lgan (1992-1993). Safoev, shuningdek, O'zbekiston Respublikasining AQSh va Kanadadagi elchisi (1996-2001), Germaniya, Avstriya va Niderlandiyadagi elchisi, shuningdek, O'zbekistonning YeXHTdagi vakili (1993-1996) sifatida faoliyat olib borgan. Shunigdek, u O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi (1996), O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Tashqi aloqalar qo'mitasi raisi (2005-2016), Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti (2005) rektori, Prezident devonining tashqi iqtisodiy aloqalar bo'limi boshlig'i (1991-1992) lavozimlarida ishlagan. U ilmiy tadqiqotchi sifatida Garvard universiteti Xalqaro taraqqiyot institutiga tashrif buyurgan (1990-1991) va iqtisodiyot, xavfsizlik va xalqaro munosabatlar masalalari bo'yicha ko'plab ilmiy maqolalar chop ettirgan. Safoev 1976 yilda Toshkent davlat universitetini tamomlagan, shuningdek 1984 yilda ishlab chiqarishdagi mehnat unumdorligi muammolari bo'yicha doktorlik ishini himoya qilgan.
Matilda Dimovska 2019 yil mart oyida Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi (BMTTD)ning O'zbekistondagi doimiy vakili vazifasini o’z zimmasiga oldi. Bu vaqtgacha u 2016 yil iyul oyidan boshlab BMTTDning Yevropa va MDH bo'yicha Istanbul mintaqaviy markazining mamlakatdagi vakolatxonasini qo'llab-quvvatlash guruhini boshqargan va shu vaqtdan boshlab mamlakat va mintaqadagi loyihalarni boshqarish ofisiga etakchilik qilgan. Bungacha u BMT Taraqqiyot dasturining Turkiyadagi doimiy vakili o'rinbosari (2012-2016 yillar), BMTTDning Moldovadagi doimiy vakili o'rinbosari (2008-2012) va BMT Taraqqiyot dasturining Gruziyadagi doimiy vakilining yordamchisi (2006 -2008) lavozimlarida faoliyat olib borgan. Asli Shimoliy Makedoniyalik bo'lgan Matilda Dimovska ilgari Nyu -Yorkda va o'z mamlakatida BMTTDda ishlagan. BMT Taraqqiyot dasturidan oldin u Vena shahrida BMTning Sanoat taraqqiyoti tashkilotining investitsiyalarni rag'batlantirish xizmati, Makedoniyaning xususiylashtirish agentligi va Skopyedagi xususiy sektorda faoliyat olib borgan. Matilda magistr darajasini Skopyedagi "St Cyril va Methodius" universitetida iqtisodiy siyosat va rivojlantirish sohasida olgan.
Alisher Sa`dullaev - 2020 yil 10 iyuldan boshlab O'zbekiston yoshlar ishlari agentligi direktori lavomiga tayinlangan. Bundan avval u Prezidentning yoshlar, fan, ta'lim, sog'liqni saqlash va sport masalalari bo'yicha maslahatchisining birinchi o'rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan. U Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutini tamomlagan. 2015-2017 yillarda Toshkentdagi "Result" o'quv markazini boshqargan. 2017 yil iyul oyida u Xalq ta'limi vazirligi jamoasiga qo'shilib, mamlakatdagi eng yosh vazir o'rinbosari bo'ldi. 2018 yilda Alisher Sa`dullaev Yoshlar ittifoqi boshlig'ining birinchi o'rinbosari bo'lib ishlagan. 2019 yil sentyabr oyida Yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisi etib saylandi. 2020 yil 17 yanvarda O'zbekiston Prezidenti uni Oliy Majlis Senati a'zosi etib tayinladi.
Marko Mantovanelli 2020 yilning 1 iyulidan boshlab Jahon Bankining O'zbekiston bo'yicha mamlakat menejeri hisoblanadi. Janob Mantovanelli Lotin Amerikasi, Afrika va Yevropada 20 yillik tajribaga ega bo'lgan iqtisodiy rivojlanish bo'yicha mutaxassis. Jahon bankiga faoliyat yuritishidan avval u Yevropa va AQShda iqtisodiy tadqiqot maslahatchisi lavozimida faoliyat olib borgan. Jahon bankidagi mehnat faoliyati davomida Janob Mantovanelli Vashingtondagi bosh binosida va dunyodagi bir qancha mamlakat ofislarida turli lavozimlarni egallagan. Janob Mantovanelli Bolonya universiteti (Italiya) Xalqaro Aloqalar va Siyosatshunoslik bo'yicha Magistr darajasini va Johns Hopkins Universiteti Ilg'or Xalqaro Tadqiqotlar maktabida (AQSh) Xalqaro Iqtisodiyot bo'yicha magistr darajasini egallagan.
Odilbek Rustamovich Isaqov moliya vazirining maslahatchisi, O'zbekiston Moliya vazirligining suveren davlat, korporativ (bank) qarz majburiyatlari va davlat qarzi departamentining yangi boshlig'i etib tayinlangan. Odilbek Isaqov Toshkent shahridagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Manchester Metropolitan universitetlari bitiruvchisi. U Buyuk Britaniyadagi Strathclyde universitetida Moliya yo’nalishi bo’yicha magistraturani tamomlagan, CFA (Chartered Financial Analyst)ning Xalqaro moliyaviy tahlilchi malakasiga ega. Odilbek Isaqov 12 yil davomida Odilbek Rustamovich Londondagi HSBC Bankda faoliyat yuritgan, shuningdek 2016 yil mart oyidan qarz kapitali bozorining mijozlar bo'limi direktori lavozimiga qabul qilingan. Uning nomzodi Xalqaro Kapital moliyaviy jurnalida 2014, 2015 va 2017 yillarda "Dunyoning rivojlanayotgan bozorlarining eng ta'sirli bankiri" nominatsiyasida uch marta ko'rsatilgan. Odilbek Rustamovich Buyuk Kelajak Ekspertlar Kengashi a'zosi hisoblanadi.
Professor Jeffri Sachs - dunyoga mashhur Iqtisodiyot professori, innovatsion murabbiy, va barqaror rivojlanish sohasida xalqaro yetakchi mutaxassislardan biri hisoblanadi. U qarz inqirozlari, giperinflatsiyalar, markazlashtirilgan iqtisodiy tizimdan bozor iqtisodiyotiga o'tish, OITS, bezgak va boshqa kasalliklarni nazorat qilish, kambag’allikni bartaraf etish va insoniyat tomonidan keltirib chiqarilayotgan iqlim o'zgarishiga qarshi kurash kabi murakkab muammolarni hal etishga qaratilgan kuchli va samarali strategiyalarni ishlab chiqishda keng e'tirof etilgan. Kolumbiya universitetidagi faoliyatodan avval u Garvard universitetida professor lavozimida 20 yildan ortiq faoliyat olib borgan. Professor Sachs bakalavr (B.A), Magistr (M.A) va PhD darajalarini Garvard universtitetida egallagan.
Ilhom Norqulov - 2020 yil mart oyidan boshlab O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vazirining birinchi o'rinbosari lavozimiga tayinlangan. 2002 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan va Glazgo universitetining (Buyuk Britaniya) iqtisodiyotni rivojlantirish fakultetida magistr darajasini qo’lga kiritgan. Mehnat faoliyatini Markaziy bankda bosh iqtisodchi sifatida 2010 yilda boshlagan. 2013-2018 yillarda Ilhom Norqulov O'zbekiston Markaziy bankining pul-kredit siyosati bo'limi boshlig'i lavozimida ishlagan.
Gerd Trogeman BMT Taraqqiyot dasturining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqaviy byurosi Istanbul mintaqaviy markazi menejeri hisoblanadi. Bundan avval u Addis-Abebada (Efiopiya) Afrika uchun mintaqaviy xizmat ko'rsatish markazi direktori va direktor o'rinbosari lavozimlarida ishlagan. U avvalgi mintaqaviy idorani Janubiy Afrikadan Efiopiyaga muvaffaqiyatli ko'chirilishini ta'minlashga boshchilik qilgan. Bundan oldin u Nyu-Yorkda resurslarni safarbar qilish bo'yicha direktor va shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkilotining ko'ngillilar dasturi va boshqaruv funktsiyalarida direktor o’rinbosari bo’lib hizmat qildi. Birlashgan Millatlar Tashkilotiga mahnat faoliyatini olib borishidan avval u Germaniya parlamentidagi Liberal Parlament Guruhining Taraqqiyot Siyosati Vakili ofisiga rahbarlik qilgan. Gerd Germaniya, Vetnam va buyuk Britaniyada tahsil olgan. Janubiy-Sharqiy Osiyo tadqiqotlari, huquq va iqtisod fanlari bo'yicha magistr darajasiga ega.
Yohan Svinnen 2020 yil yanvar oyidan Xalqaro oziq-ovqat siyosati tadqiqot instituti bosh direktori va 2021 yil may oyidan Xalqaro qishloq xo’jaligi tadqiqotlari bo’yicha maslahat guruhi tizimlarini o'zgartirish masalalari bo'yicha global direktori hisoblanadi. U CLG oziq-ovqat taqchilligi va behuda sarflanishini kamaytirish bo'yicha yetakchilar guruhi (Barqaror Rivojlanish 12.3 -maqsad) hamda barqaror qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat tizimlari bo'yicha Afrika Yevropa strategik ishchi guruhining a'zosi. Professor Svinnen Kornel universitetida PhD dissertatsiyasini va Gottingen universiteti va Nitra Slovakiya qishloq xo'jaligi universitetida faxriy doktorlik darajasini oldi. U qishloq xo'jaligi va amaliy iqtisodiyot assotsiatsiyasi va Yevropa qishloq xo'jaligi iqtisodchilari assotsiatsiyasining a'zosi hisoblanadi. Qishloq xo'jaligi oziq-ovqat siyosati, xalqaro rivojlanish, siyosiy iqtisod, institutsional islohotlar, savdo va global qiymat zanjirlari sohalarida ham ilmiy faoliyat olib boradi.
Akmal Burxonov - O'zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi direktori. Bu lavozimga tayinlanishidan avval, 2019 yilning yanvaridan Yuksalish Milliy Harakatini (YNM) boshqargan. Akmal Burxonov Taraqqiyot strategiyasi markazida ijrochi direktor, Qonunchilik palatasining Tashqi ishlar va parlamentlararo aloqalar qo'mitasi a'zosi, Parlament quyi palatasi Fuqarolarning sog'lig'ini muhofaza qilish qo'mitasi a'zosi sifatida faoliyat olib borgan. Adliya vazirligida ham turli lavozimlarda ishlagan. U Nagoya universiteti (Yaponiya) ning O'zbekistondagi vakolatxonasi ijrochi direktori bo'lib hizmat qilgan. Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida o'qituvchilik tajribasiga ega. 2007 yilda Nagoya universitetida magistratura bosqichini tamomlagan (Yaponiya).
Charlz Bekker Qozog'iston, Hindiston, Rossiya, Qirg'iziston mamlakatlari va Afrika qit’asi davlatlari iqtisodiyotini o'rganishga qiziqadi. Uning ilmiy tadqiqotlari iqtisodiy demografiya, ijtimoiy xavfsizlik tizimini prognozlash, CGE iqtisodiy modeli, o'lim va nogironlik xavfi, sog'liqni saqlash xizmatidan foydalanishni aniqlovchi omillari, CGE simulyatsion modeli, va shahar iqtisodiyoti sohalarini o’rganishga qaratilgan. Charlz Bekkerning ilmiy loyihalari bolalar o'limi ko'rsatkichlari, rivojlanayotgan mamlakatlarda kambag’allik, o'rta daromadli mamlakatlarda tasodifiy o'lim masalalari, va iqtisodiyot sohalari doktorantura dasturlarida kam miqdordagi talabalar faoliyatini o’rganish masalalariga bag’ishlangan. Hozirgi kunda u Irina Merkuryeva bilan "Rossiyada nogironlik xavfi va mo’jizaviy tiklanish" va Rebekka Anthopolos bilan "Global chaqaloqlar o'limi: transchegaraviy chaqaloqlar o'limini taqqoslash" loyihalari ustida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Shuningdek, Grigory Marchenko, Sabit Xakimjanov, Ai-Gul Seitenova va Vladimir Ivliev bilan hamkorlikda "O'tish davri iqtisodiyotidagi ijtimoiy xavfsizlik islohoti: Qozog'iston saboqlari" va Amitava Krishna Dutt va Jaime Ros bilan hamkolikda "Urbanizatsiya va qishloq-shahar migratsiyasi” ilmiy loyihalari ustida ish olib bormoqda.
First Deputy Minister of Higher and Secondary Specialized Education of the Republic of Uzbekistan. Previously rector of University of World Economy and Diplomacy and Westminster International University in Tashkent (WIUT). His experience includes working for Senior Officer positions at UN agencies such as UNESCO and UNICEF where he dealt with the development challenges in the area of Education and Healthcare. He has an extensive research interest and experience in the field of international education and he is the author of dozens of publications in this field. Dr. Karimov received his PhD in Political Sciences and International Relations from the University of World Economy and Diplomacy in Tashkent.
Fayzieva Dilorom Xusnitdinovna O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo'mitasi raisi. 1985 yilda Toshkent davlat tibbiyot institutini tamomlagan. Gigiyena va epidemiologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori ilmiy darajasiga ega.
Tatyana Proskuryakova - Jahon bankining Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O'zbekiston davlatlarini qamrab oluvchi Markaziy Osiyo mintaqasi bo'yicha direktori. Bu lavozimga tayinlanishidan avval, Tatyana Proskuryakova 2017-2021 yillarda Ruminiya va Vengriya, 2015 yildan beri Bosniya va Gertsegovina va Chernogoriya, 2013-2014 yillar davomida esa Shimoliy Makedoniya davlatlari bo'yicha Jahon bankining vakili, 2010-2013 yillar davomida Argentina, Paragvay va Urugvayda mamlakatlari bo'yicha maslahatchi lavozimida faoliyat olib borgan. 1992 yilda Proskuryakova Jahon bankida mehnat faoliyatini boshlagan va butun faoliyati davomida tashkilotning bosh ofisida hamda mintaqaviy ofislarida turli lavozimlarda faoliyat olib borgan. 2003-2007 yillarda u Jahon bankining ijrochi direktorlar kengashida Rossiya Federatsiyasi vakilining katta maslahatchisi lavozimida o’z faoliyatini olib borgan.
Otabek Nazirov O'zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining maslahatchisi, O'zbekiston to'g'ridan-to'g'ri investitsiyalar jamg'armasi bosh direktoridir. Otabek Nazirov AQShning Nyu-York Universitetini tamomlagan. U Goldman Sachs Group, Avascent Group, AQShda JPMorgan Chase, Rossiyada Troika Dialog va Moskva biznes jahon banki kabi moliyaviy va investitsion kompaniyalarda xizmat qilgan. U Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining sanoat investitsiyalarini qo'llab-quvvatlash bo'limida yetakchi mintaqaviy bank hodimi bo'lgan.
Malika Qodirxonova Toshkent viloyati ayollar tadbirkorligi markazi rahbari sifatida ayollar o'rtasida tadbirkorlikni rivojlantirishda katta ijobiy natijalarga erishdi. Toshkent viloyatida "Nogiron tadbirkor ayollar" uyushmasining tashkil etilishi ham Malika Akbarovnaning sa'y-harakatlari samarasidir. 2020 yilda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga, shuningdek, byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo'mitasi Senati a'zoligiga saylangan. 2021 yilda Malika Qodirxonova Oliy Majlis Senati Xotin -qizlar va gender tengligi qo'mitasi raisi etib saylandi.
Professor Richard Pomfret 1992-yildan boshlab Adelaida universiteti Iqtisodiyot professori lavozimida faoliyat olib borib kelmoqda. Adelaida universitetiga kelishdan avval Vashington shahridagi Johns Hopkins, Bolonya (Italiya) va Nankin (Xitoy) universitetlarida iqtisodiyot professori lavozimida ishlagan. U shuningdek Monreal Concordia universitetida va Germaniyada Jahon iqtisodiyoti Kiel institutida o’z faoliyatini olib borgan. Bundan tashqari u Avstraliya, Kanada, Xitoy, Fransiya, Italiya va AQSh universitetlarida taklif etilgan ilmiy tadqiqotchi lavozimlarida faoliyat olib brogan. Professor Pomfret Yevroosiyo tadqiqotlar markazi (Buyuk Britaniya), Monash universiteti, Varshavadagi ijtimoiy va iqtisodiy tadqiqotlar markazi va Parij universtiteti ROSES-CNRS ilmiy tadqiqot markazilarining faxriy professori hisoblanadi. Uning ilmiy qiziqishlari iqtisodiy rivojlanish va xalqaro iqtisodiyot sohalari bo’lib, shu sohalarda yuzdan ortiq ilmiy maqolalar chop etgan.
Bobur Mansurovich Bekmurodov 2020 yildan beri O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, "Yuksalish" milliy harakati raisi lavozimlarida o’z faoliyatini olib borib kelmoqda. U O‘zbekiston Davlat jahon tillari universitetini tarjimon-filolog va Toshkent moliya institutini iqtisodchi mutaxassisligi yo’nalishlarini tamomlagan. 2018 yilda u Jon Smit stipendiya dasturi bo’yicha Buyuk Britaniyada taqsil olgan. Bobur Bekmurodov O’zbekiston Ipak yo'li aksiyadorlik innovatsion tijorat bankida, "Kelajak Ovozi" yoshlar tashabbuslari markazi, Respublika yoshlarni ish bilan ta'minlashga ko'maklashish korporativ rivojlanish markazi, "Mega Venture" MCHJ qo'shma korxonasi, taraqqiyot strategiyasi markazi, Xalq deputatlari Mirzo-Ulug'bek tumani deputatlari Kengashi, "Yuksalish" Milliy harakatida faoliyat olib borgan. U samarali boshqaruvni rag'batlantirish, notijorat sektorning salohiyatini oshirish va mahalliy jamoalarning boshqaruvdagi ishtirokini kengaytirishga o'z hissasini qo'shgan. U 2020 yildan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar va nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari qo'mitasi a’zosi, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo'llab-quvvatlash jamoat fondi mablag'larini boshqarish komissiyasi mas'ul kotibi, korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy kengashi, O'zbekiston Respublikasining gender tengligini ta'minlash komissiyasi a'zosi lavozimlarida mehnat faoliyatlarini olib borgan.